A Seriya klubi bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

  • 7 yanvar, 2021, 15:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Parma" klubi rasmiy matbuot xizmatiga ko‘ra, bosh murabbiy Fabio Liverani iste’foga chiqarildi.

Tecno

Parmaliklar Italiya chempionati 16-turidan so‘ng 2 ta g‘alaba va 5 durang bilan 18 pog‘onada bormoqda. Klub A Seriyaning so‘nggi turida "Atalanta"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Bugun ertalab Fabio Liverani bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldik. Unga klub uchun qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildiramiz. Mavsum biz uchun qiyin boshlandi, ammo "Parma" oldinga yurishda davom etishi kerak", - deyilgan klub bayonotida.

44 yoshli mutaxassis "Parma" boshqaruviga mavsum boshida kelgan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!