
A Seriya. "Kalyari"ning "Verona"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Bugun Italiya A Seriyasi 30-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" bu safar "Verona"ni qabul qiladi. Ushbu bahs uchun sardiniyaliklarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
O‘zbekiston terma jamoasi bilan "JCh-2026" uchrashuvlarida faol qatnashgan Eldor Shomurodov ham ro‘yxatda bor.
Eslatib o‘tamiz, "Kalyari" - "Verona" bellashuvi bugun soat 18:00da start oladi.
Fikrlar