
A Seriya. Jazolangan "Yuventus" safarda "tarsaki edi"
A Seriyaning 36-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Empoli" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Kaputo penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Luperto oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kaputo yana o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 85-daqiqada Keza hisobni qisqartirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan vaqtda Pikkoli gol urib, tabloda 4:1 hisobini yuzaga keltirdi.
Shu tariqa, "Yuventus" mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 7-o‘rindan joy oldi. "Empoli" esa 14-pog‘onaga chiqib oldi.
Fikrlar