A Seriya. "Inter" "Bolonya" darvozasiga 6 ta gol urdi

  • 18 sentabr, 2021, 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan “Inter” hamda “Bolonya” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 6:1 hisobida “neradzurrilar”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter”ning gollariga Lautaro Martines (6'), Milan Shkrinyar (30'), Nikolo Barella (34'), Matias Vesino (54') va Edin Jeko (63', 68') mualliflik qildi. “Bolonya”ning yagona javob golini esa Artur Teate (86') kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Inter” hisobidagi ochkolar 10 taga etdi va u A Seriya musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!