
A Seriya. "Fiorentina" kambek amalga oshirib, "Roma"ni mag‘lub qildi
A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, El-Shaaravi 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Yoviya imkoniyatlarni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Ikone g‘alaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, "Roma" turnir jadvalida 6-o‘ringa tushib ketdi. "Fiorentina" esa 9-pog‘onaga chiqib oldi.
Fikrlar