
A Seriya. Bugun "Roma" o‘ynaydi
Bugun Italiya A Seriyasi 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.
Xususan, "Roma" o‘z maydonida "Fiorentina"ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da start olishi rejalashtirilgan. Bu Eldor Shomurodov uchun rimliklar libosidagi so‘nggi bahs bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Unga "Torino" jiddiy qiziqish bildiryapti.
Ushbu bahs oldidan rimliklar 31 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi, florentsiyaliklar esa 23 ochko bilan to‘qqizingi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar