A Seriya afsonalari Pro litsenziyasini oldi

  • 16 sentabr, 2020, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning bir qator sobiq yulduzlari Pro litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu hujjat ularga eng yuqori darajada ishlashga imkon beradi.

Tecno

Pro lizentsiyasi olgan sobiq futbolchilar orasida Andrea Pirlo, Tiago Motta, Luka Toni, Kristian Kivu, Morgan De Sanktis va Muhammad Kallon kabi nomlarni ko‘rish mumkin. Imtihonlarda eng yaxshi natijani Tiago Motta qayd etdi. U 110 balli imkoniyatdan 108 ball to‘plagan. “Yuventus”ni boshqarayotgan Pirlo esa, 107 ball jamg‘ardi.

Andrea “keksa sinora” bosh murabbiyi sifatida A Seriyada 20 sentyabr kuni debyut qiladi. Turinliklar shu kuni “Sampdoriya”ga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!