A Pro-liga 8 ishtirokchisidan 7 tasining nomi ma’lum

  • 14 mart, 2019, 11:50
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, Professional futbol ligasi A va B Pro-ligalarida to‘p suradigan jamoalarni saralab olayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Dastavval qayd etilganidek, “Mash’al”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho‘rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida jiddiy ish olib borishayotgan edi. B Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ancha ko‘proq edi.

Bugunga kelib A Pro-liga ishtirokchilari nomi 90 foizga ma’lum bo‘lib ulgurdi. A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida 8 ta klub ishtirok etadi. Ularning 7 tasi allaqachon ma’lum – “Mash’al”, “Neftchi”, “Sho‘rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” va “Orol”. A Pro-liganing 8-ishtirokchisi esa 17-22 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan PFL kubogi musobaqasi g‘olibi bo‘ladi. 

B Pro-ligasi qatnashchilari nomi ham yaqin vaqt ichida aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
14/03/2019 11:56
булар айтадиям қайтадиям
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
14/03/2019 11:56
кимдир пул берса яна жамоаларни сонини ошириб қўяди булар. соққачила