"Yuventus"ning bir yildan ortiqroq davom etgan safardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi

  • 13 dekabr, 2018, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor «Yuventus» kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida safarda «Yang Boyz»ga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

E’tiborlisi, turinliklar shu tariqa 2017 yilning noyabridan buyon ilk bor safarda mag‘lub bo‘lishdi. O‘shanda “Sampdoriya” mehmoni bo‘lgan “Yuve” 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygan edi. Shundan so‘ng “keksa sinora” safarda 26ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va shularning 23tasida zafar quchib, bor yo‘g‘i 3tasida durang qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, garchi “Yang Boyz”ga engilgan bo‘lsada “Yuventus” guruhda birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!