
"Yuventus" ham Remzi uchun kurashga qo‘shildi
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
The Mirror nashrining yozishicha 27 yoshli uelslik futbolchiga “Yuventus” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Turinliklar bu borada “Bavariya” va PSJ kabi jamoalar bilan raqobatlashishga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda “Yuventus” joriy mavsum so‘nggida shartnomasi yakuniga etadigan Remzini erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olib, unga yiliga 11,6 mln evro maosh to‘lashga tayyor.
Fikrlar