
"Yuventus" etakchisi Gretsiyada jamoasiga yordam bera olmaydi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini EChL 6-turidan o‘rin olgan "Olimpiakos"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Italiya A Seriyasi 15-turidan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi bahsni jarohati bois o‘tkazib yuborgan Mario Manjukich esa ushbu o‘yin qaydnomasidan o‘rin egalladi.
Ma’lumot uchun, "Olimpiakos" - "Yuventus" o‘yini ertaga Gretsiyaning Pirey shahridagi "Georgios Karaiskakis stadionida ertaga soat 00.45 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar