"Yuventus" Sansheshni "Bavariya"dan ijaraga olmoqchi

  • 23 iyun, 2017, 11:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi “Bavariya”ning yana bir futbolchisiga qizqish bildira boshladi.

Tecno

Mediaset Premium nashrining xabar berishcha, turinliklar nemis grandining portugaliyalik yarim himoyachisi Renatu Sansheshni keyinchalik sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, “keksa sinora” va “Bavariya” o‘rtasida ayni damda boshqa bir yarim himoyachi – Duglas Kosta masalasida ham muzokaralar olib borilmoqda.

Sansheshning transferi huddi bundan ikki yil avval Kingsli Koman “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishi bilan bir hil bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tish lozimki, o‘shanda myunxenliklar Komanni “Yuve”dan 7 mln evro evaziga ikki mavsumga ijaraga olishgan va keyinchalik futbolchining transfer huquqini 21 mln evroga sotib olishgan edi.

Bundan avvalroq, 19 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida “Bavariya” Sansheshni 35 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!