
“Yuventus” Pyanich borasidagi 50 million evrolik taklifni rad etdi
Turinning “Yuventus” klubi o‘zining etakchi yarim himoyachisi Miralem Pyanichni 50 mln evro evaziga sotishni istamadi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 28 yoshli bosniyalik futbolchining transferi borasida "Manchester Siti" klubi taklif bilan chiqqan. Biroq, “shaharliklar”ning ushbu taklifi Italiya chempionini qoniqtirmagan.
Ma’lumot uchun, Pyanich o‘tgan mavsum A Seriyada jami 31ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar