
“Yuventus” Benatiani sotishga qaror qildi
“Yuventus” klubi rahbariyati himoyachisi Mexdi Benatiani yanvar oyidagi transferlar mavsumida sotishga qaror qildi.
Avvalroq jamoa Andrea Bartsalining jarohati olib safdan chiqqanligi sabab bu futbolchini qo‘yib yubormaslikka qaror qilgan edi. Ammo turinliklar uni 8,7 mln funt evaziga sotishga tayyor.
Shu sabab kecha himoyachi o‘z agenti bilan transfer masalasida “Yuventus” rahbariyati bilan uchrashgan.
Fikrlar