
Yurgen Klinsmann qanday terma jamoaning taklifini qabul qilishini aytdi
Germaniyalik mashhur mutaxassis Yurgen Klinsmann o‘zining kelajak rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“JCh-2018 oldidan menga musobaqada ishtirok etadigan 4-5 terma jamoadan takliflar bo‘ldi. Lekin men ularni rad etdim. Chunki, ushbu jamoalarning maqsadi bor yo‘g‘i guruhdan chiqish edi.
Men AQSh terma jamoasini JCh-2014da boshqarganimda ham oldimga xuddi shunday vazifa qo‘yilgan edi. Hozir men uchun bunday vazifalar kamlik qiladi. Agar murabbiylik faoliyatimga qaytadigan bo‘lsam, kamida jahon chempionatining yarim finaliga qadar borishni maqsad qilgan terma jamoada ishlamoqchiman”, - deydi Klinsman.
Ma’lumot uchun, 54 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Germaniya va AQSh kabi terma jamoalarni boshqargan.
Fikrlar