
Yosh velosportchilar bellashdi
Toshkent shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida velosport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 50 ga yaqin sportchi turli yosh toifalarida ishtirok etdi.
Musobaqaning 11-12 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida Ilya Palchik va Katya Kapliya g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13-14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Abror Boboev va Sofiya Karshova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 15-16 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan poygada Evgeniy Chebotarev marraga birinchi bo‘lib etib keldi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar