
Yosh atletlarimiz o‘zaro bahslashdi
Poytaxtimizda engil atletika bo‘yicha respublika ochiq musobaqasi o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan engil atletika yoshlar o‘rtasida jadal ommalashmoqda. Buning samarasida mazkur sport turi bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib, nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirmoqdalar.
Sportchilarimizning nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini, bugun dunyo tan olayotir. Jumladan, 9 dekabr kuni Ukrainada «Oltin Mangust» xalqaro assotsiatsiya kengashi hamyurtimiz Nadiya Dusanovaga jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun order bilan taqdirladi.
Uning bunday mukofotga erishishida mamlakatimizda engil atletika rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani hamda mazkur sport turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarning xizmati katta.
Iqtidorli atletlarni saralash maqsadida o‘tkazilgan respublika ochiq musobaqasidagi bahslar keskin va murosasiz tarzda o‘tdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
Tur |
Ism va Familiya |
Natija |
Yadro |
Adashboeva Regina Shetinina Veronika Ilinix Evgeniya |
13.12 10.99 10.16 |
Balandlik Yoshlar |
Abdullaev Osmon Chikalov Vadim Chadin Dmitriy |
185 185 180 |
Yadro Yoshlar |
Sodiqov Rashid Lelyux Konstantin To‘raqulov Asilbek |
13.96 13.70 12.75 |
Balandlik Qizlar |
Yablokova Alina Oripova Alina Hakimova Milana |
170 160 155 |
400 m. Qizlar |
Rajabova Malika Levina Irina Sinitsina Viktoriya |
1:03,63 1:03,93 1:05,07 |
400 m. Yoshlar |
Abdulxaev Murod Nuvaltsev Aleksandr Nuriddinov Samariddin |
54,93 55,09 55,90 |
60 m. t/o Qizlar |
Yablokova Alina Saidova Kamola G‘afurjanova Shahribonu |
9,67 9,68 9,73 |
60 m. t/o Yoshlar |
Stepanov Aleksandr Abdumo‘minov Islom To‘raqulov Asilbek |
8,67 8,81 8,99 |
Uch hadlab Mujchiny |
Qurbanov Ruslan Denisov Ivan Noriev Javohir |
15,48 15,22 14,56 |
Uch hadlab Qizlar |
Xudoyorova Roksana Isaeva Nigina Hakimova Milana |
12,53 10,74 10,57 |
Uzunlik Yoshlar |
Stepanov Aleksandr Noriev Javohir Anvarov Anvar |
6.88 6.65 6.42 |
Fikrlar