
Yoaxim Lyov: O‘zil qo‘ng‘iroqlarimga javob bermayapti
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti. Bu haqda ActuFoot nashri xabar bermoqda.
“O‘zil terma jamoadan ketgani haqida menga qo‘ng‘iroq qilib aytmadi. Odatda har qanday futbolchi bunday qarorga kelganida murabbiyni ogohlantiradi. Lekin u haligacha buni qilmadi. Shu bois 2-3 haftadan buyon men o‘zim unga SMS yuboryapman va qo‘ng‘iroq qilyapman. Biroq, haligacha undan javob olganim yo‘q”, - deydi Lyov.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli futbolchi JCh-2018dan so‘ng uning sha’niga bildirilgan jiddiy haqoratlardan so‘ng Bundestimdagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar