
Yoaxim Lyov: Germaniya terma jamoasini qayta quraman
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov o‘zining 2022 yilga qadar terma jamoada qolish haqidagi qaroridan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Germaniya futbol ittifoqining menga bildirgan ishonchidan minnatdorman. Men ayni damda JCh-2018dan erta chiqib ketganimiz uchun tanqidlarni eshitish bilan birga meni qo‘llab-quvvatlashlarini ham his qilyapman.
Men juda ko‘p o‘yladim. Chunki menda umidsizlik katta edi. Keyin esa shaxsan mamlakat futbol ittifoqi rahbariyati bilan uchrashdim.
Men terma jamoada qolishni istayman. Endi jamoani qayta quraman.
Barchasini tahlil qilib, buni jamoa bilan muhokama qilaman. Yangi mavsumni boshlashdan oldin aniq hulosalar chiqrib olishimiz lozim”, - deydi Lyov.
Fikrlar