Yerri Mina yangi mavsumni qaysi klubda o‘tkazadi?

  • 24 iyul, 2018, 10:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

21-Jahon Chempionatini Kolumbiya safida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Yerri Mina o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib oldi va u endi “Barselona”dan muntazam o‘yin amaliyotini talab qilmoqda. Squawka nashri uning kelajagi borasida mulohaza yuritdi.

Kolumbiya uchun uch gol urgan Mundial kashfiyotlaridan biri bo‘lgan himoyachi bu borada jahon saviyasidagi hujumchilar – Edinson Kavani va Diego Kostalardan yaxshiroq natija qayd etdi. Braziliya timsoli Neymar ham bu reytingda Yerridan ortda qolib ketdi.

Shu tufayli, 23 yoshli himoyachi bir qancha klublarning e’tibor markaziga qayta tushdi. “Barselona”dagi dastlabki mavsumi biroz omadsiz chiqqan kolumbiyalik futbolchi barcha musobaqalarni qo‘shganda atigi olti marta asosiy tarkibda maydonga tushirildi.

U yaqinda Daily Mail ga bergan intervyusida ham bunga alohida to‘xtalib o‘di: “Men kamroq bosim va ko‘proq daqiqalarga ega bo‘ladigan klubda o‘ynashni istayman. O‘zim va klub uchun doim eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. “Barselona”da qolish-qolmasligimdan qat’iy nazar men eng yaxshi yo‘lni tanlayman.” Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan himoyachi klubdan ketishga qarshi emas. Xo‘sh, qaysi klublar uni o‘z safida ko‘rishni istaydi?

Orzu: “Barselona”

Ketishga qarshi bo‘lmasada, Mina oldin “Barselona” tarixiga kirishni istashini bot-bot takrorlagan.

Katalon giganti o‘tgan mavsumda u uchun 11.8 million evroning bahridan o‘tdi. Transfer narxini 100 million evro qilib belgiladi. Mina esa “Barsa” unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ikkinchi mavsumda imkoniyat beradi. Boisi u Jahon Chempionatida terma jamoasi bilan yuqori o‘yinini namoyish qildi.

La Liga chempionlarida himoya chizig‘ida variantlar ko‘p emas. Jerar Pike va Samyuel Umtitilar o‘tgan mavsumda ajoyib juftlikni hosil qilishdi. Kataloniyaliklar La Liga doirasida atigi 29 gol o‘tkazib yubordi. Faqatgina “Atletiko Madrid” ulardan kam gol o‘tkazgan. Katta tavakkal bilan Tomas Vermalen asosiy tarkib himoyachilariga o‘rinbosarlik qildi.

Ammo bu yozda “Sevilya”dan 35 million evro evaziga Kleman Langlening kelishi Minaning orzulariga to‘g‘anoq bo‘lishi mumkin.

Haqiqatga yaqin: “Everton”

So‘nggi vaqtlarda Minaning “Everton”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar kuchayib bormoqda. O‘tgan mavsumda 38 o‘yinda 58 gol o‘tkazib yuborgan ingliz klubi tarkibni sezilarli kuchaytirish niyatida.

“Everton”ning yangi xo‘jayini Marko Silva nafaqat “irislar”ni kuchaytirmoqchi, balki himoya chizig‘ini ancha yoshartirmoqchi. Sababi Eshli Vilyams 33 ni “urib qo‘ygan” bo‘lsa, Fil Jagielka 35 yoshga kirgan.

Klubning asosiy sarmoyadori Farhod Moshiri ham yangi bosh murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. 25 million evro “Gudison Park”ka kelishi uchun ajoyib mablag‘.

Djoker: “Fenerbahche”

o‘tganmavsumda kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan Turkiya Superligasi vakili ham himoyada qiyinchilikka uchragan. Chempionatda ikkinchi bo‘lgan klub asosiy raqiblaridan ko‘ra eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan.

Martin Shkrtelning yoshi o‘tib borayotgani, ortiq oldingidek o‘ynay olmasligi oydinlashib bormoqda. Unga himoyada sheriklik qilgan Roman Noyshtadter yorqin o‘yinini ko‘rsata olmadi va Rossiya bilan Mundialda ishtirok eta olmadi. Ruslar musobaqada 39 yoshli Sergey Ignashevich bilan ishtirok etishni afzal ko‘rdi.

Turkiya giganti himoyadagi muammolarni hal qilish maqsadida “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Minani olib kelishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu borada turk klublari ancha tajribaga ega hisoblanishadi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
24/07/2018 13:01
Узини ривожланиши учун барсада колгани маъкул