
Yerri Mina o‘ziga qanday jamoa kerakligini aytdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina o‘zining kelajak faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Hayotimdagi eng kerakli narsa bu - o‘zim uchun eng to‘g‘ri qarorni qabul qilish va o‘zimni xotirjam his qilish.
“Barselona”da men juda og‘ir kunlarni boshimdan o‘tkazdim. Menga shunday jamoa kerakki, men u erda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim zarur”, - deydi Mina.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi “Barselona” safiga o‘tgan qishki transferlar davrida Braziliyaning “Palmeyras” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U “Kamp Nou”da o‘tkazgan yarim mavsumi davomida La Ligada bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda ishtirok etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda Minaga Angliyaning “Everton” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan va uning uchun “Barsa”ga 24 mln evro taklif qilmoqda.
Fikrlar