
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqariladi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Akira Nishino joriy oy oxirida o‘z lavozimini tark etadi.
Ta’kidlash kerakki, Nishinoning terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi iyul oyi so‘nggiga qadar imzolangan edi. Yaponiya futbol federatsiyasi esa u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Xabarlarga qaraganda ushbu lavozimni hozirda ishsiz yurgan germaniyalik mashhur mutaxassis Yurgen Klinsman egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Nishino qo‘l ostida JCh-2018ning 1/8 final bosqichida Belgiyaga (2:3) imkoniyatni boy berib musobaqani tark etgan edi.
Fikrlar