Yangi mavsum kashfiyoti faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi?

  • 12 oktabr, 2018, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Gap markaziy himoyachilar haqida ketganda ular himoyani pleymeykerlik bilan chambarchas bog‘lagan san’atni kutishadi. Zamonaviy tilda aytganda, yuqorida tilga olgan pozitsiya vakiliga «Ayaks»ning yoshlar jamoasi sardori Mattiys De Ligt namuna bo‘la oladi.

Tecno

Uning Chempionlar Ligasi guruh bosiqichidagi birinchi kimsan Myunxenning «Bavariya»siga qarshi bo‘ldi. Birinchi imtihonini naq Robert Levandovskidan olgan himoyachi amsterdamliklar uchun o‘zining 75-o‘yinini o‘tkazdi. Hali 20 ga ham to‘lmagan bolakayning davri hali oldinda.

Cheklanmagan salohiyatga ega De Ligt Gollandiya termasiga ilk chaqiruvini olganidan beri unda yuksak salohiyat borligi bong urilmoqda. Golland futboli Yap Stam davridan beri hali bunaqangi universal markaziy himoyachini ko‘rgan emas.

«Zarg‘aldoqlar» uchun Virgil Van Deyk bilan mustahkam himoya juftligini hosil qilgan De Ligt sherigidan ham ancha mahoratliroq himoyachi bo‘lib etishishini ko‘pchilik bashorat qilmoqda.

Aftidan u «Ayaks» bilan so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Boisi uni o‘z safida ko‘rishni istayotgan grandlar soni kun sayin oshib bormoqda. Quyida uning kelajagi qaysi klubda bo‘lishi haqida tahlil qilamiz.

Orzu: «Barselona»

De Ligt «Ayaks» yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Barselona» bilan mushtarak futbol falsafasiga egaligi sababli ko‘pchilik tahlilchilar «Kamp Nou» himoyachi uchun faoliyatini davom ettirishning ideal varianti sifatida ko‘rmoqda. Uning o‘zi ham «Barsa»ni Ispaniyadagi sevimli jamoasi ekanligini ommaviy tarzda e’lon qildi.

Yagona masala u bir bosh ustunga sakrashga tayyorligida. La Liganing amaldagi chempionlari saviyasiga e’tiroz yo‘q. Ammo Erediviziyaning kamtarona saviyasi nechog‘lik ta’sir ko‘rsatadi, buni aytishga hali erta.

De Ligt Pikening vorisimi?

Yosh muhimmas, shunchaki raqam degan iborani qo‘llash juda o‘rinli bo‘ladi. «Barsa» hozir bo‘lmasada, yaqin kelajakni Pikesiz tasavvur qilishni o‘ylab ko‘rishi kerak. De Ligt esa uning o‘rnini munosib to‘ldirishi aniq.

Uning ta’limi va kataloniyaliklarning Kruyff ta’limoti bo‘yicha harakatlanishi De Ligtning ishlarini ancha osonlashtirishi mumkin.

Haqiqat: «Bavariya»

«Bavariya» De Ligtning imkoniyatlariga shohid bo‘lgan ilk Evropa grandi bo‘ldi. Jerom Boaten yozda «Alyans Arena»ni tark etishga juda yaqin edi, ammo bir yoki bir necha sabab tufayli bu ish amalga oshmadi.

De Ligt Chempionlar Ligasida «Bavariya» bilan 1-1 hisobidagi durangda jamoasining muhim vakili bo‘ldi.

«Bavariya»da Boatengning munosib o‘rinbosari yo‘q. 23 yoshli Niklsa Zyule, 29 yoshli Mats Xummels Boateng saviyasiga chiqa olganicha yo‘q. De Ligt uzoq muddatli kelajakka haqiqiy investitsiya bo‘ladi.

Uning pozitsion joy tanlashdagi mahorati «Borussiya Dortmund»ning sobiq vakilini munosib to‘ldirgan bo‘lardi.

Djoker: «Manchester Yunayted»

Angliyaga katta pullar evaziga yo‘l oladigan transferlarni nazorat qilish qiyin. Sababi ko‘pchilik futbolchilari uchun Premer Liga ohanrabodek o‘ziga tortadi.

De Ligtning ko‘plab vatandoshlari allaqachon Evropaning eng tomoshabop birinchiligida javlon urmoqda. Uni Top-6 jamoalar zimdan kuzatib borayotgani aniq.

U Mourinoning MYu siga mosmi?

«Taqachilar» safida hozirda uch nafar «Ayaks» tarbiyalanuvchilari (Tobi Alderveyreld, Kristian Eriksen va Yan Vertongen) o‘zlarini nimalarga qodirligini ko‘rsatishmoqda va o‘tgan mavsumda ular Devinson Sanchesni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq u allaqachon «Tottenxem» o‘yiniga kirishib ketgan. Biroq MYu dachi?

Ha, ularda markaziy himoyachilar bo‘yicha tanlov kam emas. Ammo ularni hurmat qilgan holda aytish mumkinki, De Ligt «qizil iblislar» safini munosib tarzda kuchaytira oladi. Erik Bayi bilan hamkorlik masalan muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Biroq bitta muammo bor. Uning ingliz klubi safidagi faoliyati Mourino ketgach omadli chiqadi. Portugaliyalik murabbiyning taktik ishlanmalari De Ligtnikiga umuman teskari. Xullas, gollandiyalik iqtidor egasini yangi mavsumda katta ehtimol bilan yuqorida tilga olingan jamoalar safida ko‘rsak ajablanmaslik kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!