
Yan Vertongen Belgiya termasida 100 ta o‘yin o‘tkazgan ilk futbolchiga aylandi
“Tottenxem” klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Yan Vertongen tarixiy natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Futbolchi mamlakat termasining Portugaliyaga qarshi (0:0) o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu uning Belgiya termasi safidagi 100-o‘yiniga aylandi.
Avvalroq hech qaysi belgiyalik futbolchi mamlakat termasida 100 o‘yin o‘tkazmagan. Bu borada Vertongen mutlaq rekordchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar