
Yakkakurashchimiz Shohruh Xolmurodov 28 iyulda navbatdagi jangini o‘tkazadi
O‘zbekistonlik yakkakurash jang san’atlari ustasi Shohruh Xolmurodov o‘zining professional ringdagi jangini Xitoyda o‘tkazadi.
MMA qoidalari bo‘yicha 66 kg vazn toifasida o‘tadigan jangda hamyurtimizga xitoylik jangchi Grebler bo‘ladi. Jang 28 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu sportchi shu vaqtga qadar 7 marta ringga chiqib, 5 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shohruh dastlab professional janglarni muay tay sport turida boshlagan va Tailandda mashg‘ulotlar olib boradi.
Fikrlar