
Yahyo Imomov Toshkent Gran-prisi bronza medali sohibi
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuni ham o‘zining hal qiulvchi pallasiga yaqinlashmoqda.
Ayni paytda -90 kg vazn toifasidagi polvonlar medallar uchun tatamiga ko‘tarilishmoqda. Ushbu vazn toifasining bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz Yahyo Imomov qozog‘istonlik Islam Bozbaevga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bahsda sportchimiz raqibidan ippon bahosi evaziga ustun keldi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar