
Xorvatiya prezidenti JCh-2018 finaliga ham tashrif buyuradi
Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 finaliga tashrif buyuradigan bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, u bundan avvalroq Rossiyaga qarshi chorak final o‘yiniga ham kelgan edi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq final bahsiga Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya – Xorvatiya bahsi 15 iyul kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar