Xokkey bo‘yicha XK "Binokor" xalqaro turnir chempioni

  • 11 dekabr, 2017, 19:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekistonning xokkey bo‘yicha XK “Binokor” klubi BAA Prezidenti Kubogi Xalqaro turnirida chepionlikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Xokkey bo‘yicha Xalqaro turnir Arab Amirliklarning Al-Ayn shaxrida 29 noyabrdan 2 dekabrgacha davom etdi.

Shuni aytish kerakki, XK “Binokor” bu turnirda 4 uchrashuv o‘tkazib barcha baxslarda ustunlik bilan g‘alaba qozongan, "Binokor" – "Timber Wolves" 6:3, "Binokor" – "Tneebs" 8:3, "Binokor" – "Oman National" 12:2, "Binokor" – "Storms" 6:4.

- Ushbu turnirda bizning oldimizga ikkita asosiy vazifa qo‘ygan edik, mamlakatimiz sharafini himoya qilish va yosh xokkeychilarimizni tekshirib ko‘rish. O‘zingiz guvox bo‘lganingizday, Xalqaro turnir natijalariga ko‘ra biz qo‘yilgan vazifalarni a’lo darajada bajardik, -deydi XK “Binokor” bosh murabbiyi Alisher Azimov.

Qayd etish lozim, turnir yakunlanishidan so‘ng, jamoa yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini Kanadaning “Mighty Camels” klubiga qarshi o‘tkazdi. Ma’lumot uchun, “Camels” BAAning EHL ligasida o‘z faoliyatini olib boradi.

Bellashuv 10:2 xisobi bilan o‘zbekistonliklar foydasiga yakunlandi. Kanadaliklar, yoshlarimizning o‘yinlaridan hayratda edilar, uchrashuvdan so‘ng ular O‘zbekiston qaerda joylashgani va qay tarzda rivojlanayotgani haqida  Googledan so‘rov o‘tkazishgandi. Ular O‘zbekistonda xokkey 5 yil oldin paydo bo‘lganini bilab hayratlandilar.

Bizning xokkeychilarimiz Sochidagi Xalqaro turnirdagi so‘zlarni yana bir bor tasdiqlashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!