Xitoyliklar "Manchester Yunayted" futbolchisiga qiziqib qolishdi

  • 29 yanvar, 2019, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nomi oshkor etilmayotgan Xitoy klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Maruan Fellayniga jiddiy taklif bildirmoqda.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 31 yoshli belgiyalik futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Ular Fellayniga yaxshigina maosh va’da qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fellayniga ayni damda “Monako”dan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Fellayni “Manchester Yunayted” safiga 2013 yil “Everton”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!