Xitoy klubi "Barselona" vingeriga qiziqib qoldi

  • 7 dekabr, 2018, 14:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi "Barselona" vingeri Malkomni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda DIRECTVSports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridiga manbaaga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qiziqish bildira boshlagan. Hozircha xitoyliklar ushbu transfer uchun qancha taklif qilishmoqchi ekanligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Malkomni o‘tgan yoz “Bordo”dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum hozircha 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!