
Xese yana Ispaniyaga qaytmoqda
PSJ vingeri Xese Rodriges faoliyatini "Betis"da davom ettirishga yaqin turibdi.
Marca nashrining yozishicha sevilyaliklar 25 yoshli “Real” tarbiyalanuvchisi bilan deyarli kelishuvga erishishgan. Qayd etish lozimki, Xeseni "Betis"da shaxsan jamoa bosh murabbiyi Kike Seten ko‘rishni xohlamoqda. Boisi, Xese "Las Palmas"da aynan mana shu murabbiy qo‘l ostida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, parijliklar Xeseni 2016 yil “Real”dan 25 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum PSJ safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar