
Xediraning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor “Yuventus” xavbeki Sami Xedira kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida “Valensiya”ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar germaniyalik futbolchining to‘liq sog‘ayishi uchun 20 kun vaqt talab etilishini aytishgan.
Fikrlar