
Xedira va Markizio “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
“Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri so‘zlariga ko‘ra, Klaudio Markizio va Sami Xedira “Barselona”ga qarshi EChL guruh bosqich o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, himoyachilar Aleks Sandro va Jorjo Kellini va hujumchi Mario Manjukichning maydongu tushishi so‘roq ostida turibdi.
– Kellini umumiy guruhga yakshanba kuni qaytishi kerak, – deydi Allegri Football Italia nashriga. – Xedira va Markizio aniq o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Sandro va Manjukichning tushishi so‘roq ostida, Kuadradoning diskvalifikatsiyasi bor. Dushanba kuni qanday taktikada o‘ynashga aniqlik qiritamiz.
“Barselona” – “Yuventus” bahsi 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan sota 23.45da boshlanadi.
Fikrlar