
Xedira "Valensiya"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida "Valensiya"ga (2:0) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limidayoq majburiy o‘zgarishga qo‘l urdi.
Gap shundaki, o‘yinning 23-daqiqasida jamoa yarim himoyachisi Sami Xedira kutilmaganda jarohat oldi va uning o‘rniga uchrashuvni Emre Jan davom ettirdi.
Hozircha turinliklar germaniyalik futbolchining holati haqida ma’lum qilishmayapti.
Fikrlar