
Xavi va Gabisi bor "Al-Sadd" OChL yarim finalining ilk bahsida "Persepolis"ga yutqazib qo‘ydi
Bundan biroz avval Osiyo Chempionlar ligasining yarim final dastlabki bahsidan o‘rin olgan Qatarning “Al-Sadd” hamda Eronning “Persepolis” klublari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Kutilmaganda Qatardagi o‘yinda tarkibida Xavi va Gabi kabi futbolchilar bo‘lgan maydon egalari 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning Erondagi javob bahsi 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Al-Sadd" - "Persepolis" - 0:1
Gol: Alipur, 86 - 0:1 (penalti).
Fikrlar