
Xavi faoliyatidagi 1000-o‘yinida maydonga tushdi
Ayni damda Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Qatarning "Al-Sadd" va Eronning “Persepolis” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Etiborlisi, qatarliklar safida to‘p surayotgan afsonaviy yarim himoyachi Xavi uchun ushbu uchrashuv professional futbolchilik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘lib tarixga kirdi. Bu haqda Bleacher Report Football nashri xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Xavi ushbu uchrashuvlarning 769 tasini “Barselona” safida, 162 tasini Ispaniya terma jamoasi safida va qolgan 69tasida hozirgi klubida o‘tkazgan.
Fikrlar