
Xarri Keyn: Modrich qo‘lga kiritgan barcha mukofotlariga mutlaqo loyiq
Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keyn xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich haqida gapirib o‘tdi.
“Modrich shubhasiz dunyoning eng kuchli futbolchilari qatoriga kiradi. Men yoshligimda “Tottenxem”da u bilan biroz muddat birga o‘ynaganman. Lukaning qanday qobiliyatga ega ekani barchaga ma’lum va u yildan-yilga o‘z o‘yinini yuqori darajaga olib chiqmoqda.
Modrich shu kunga qadar qo‘lga kiritgan barcha mukofotlariga mutlaqo loyiq edi. Umid qilamanki, Angliyaga qarshi o‘yinda u o‘zini ko‘rsata olmaydi va biz g‘alaba qozonamiz”, - deydi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, hozirgina, aniqrog‘i soat 19:00da “Uembli”da Angliya va Xorvatiya bahsi boshlandi.
Fikrlar