Xarri Keyn: Avvallari MYuga qarshi o‘yinlarda autsayder sifatida tilga olinardik, endi esa vaziyat o‘zgargan
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn bugun "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“So‘nggi bir necha yil ichida biz vaziyatni o‘zgartira oldik. Agar biz avvallari “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda autsayder sifatida tilga olingan bo‘lsak, hozir ayrim jabhalarda favoritmiz. Ayniqsa, uy uchrashuvlarida”, - deydi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" – "Manchester Yunayted" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.



Fikrlar