WSB direktori Kris Kennet: Jahonga mashhur o‘zbek bokschilari musobaqamizda qatnashayotganidan faxrlanamiz!

CHERY AUTO

18 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari ettinchi mavsumi doirasida "Uzbek Tigers" - "China Dragons" jamoalari o‘rtasida to‘rtinchi tur uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tecno
 

Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari musobaqasi direktori Kris Kennet ham Toshkentga keldi. Tajribali mutaxassis o‘z fikrlarini aytdi.

- O‘zbek bokschilari nimalarga qodirligini bilish uchun so‘nggi Olimpiya o‘yinlariga qarashning o‘zi kifoya, - dedi Kris Kennet. - Albatta, "Uzbek Tigers" jamoasi tarkibidan o‘ta kuchli bokschilar joy olgan. Ularning orasida Olimpiya o‘yinlarida porlagan mashg‘ur boks yulduzlari ham bor. WSB turniri rahbariyati mashhur o‘zbek bokschilarining musobaqamizda ishtirok etayotganidan faxrlanadi. Ertaga yuqori saviyadagi uchrashuv guvohi bo‘lishimizga aminman.

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvi 18 mart kuni soat 18:30da "O‘zbekiston" sport majmuasida boshlanadi.

SPORTS.uz
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!