
WSB VII mavsum: Bugun "Uzbek Tigers" va "Astana Arlans" bokschilari kuch sinashadi
Xabaringiz bor, bugun 1 aprel kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi Butunjahon boks seriyalari VII mavsum guruh bosqichi navbatdagi janglariga mezbonlik qiladi.
Mazkur bellashuvlarda musobaqaning “S” guruhida bahs olib borayotgan jamoalar “Uzbek Tigers” va “Astana Arlans” bokschilari kuch sinashadi. Janglar 18:30da start oladi.
Guruhning ikkinchi qarama-qarshiligida “Patriot Boxing Team” Xitoyning “China Dragons” bokschilarini sinovdan o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” jamoasi “S” guruhida 6 ochko bilan “Astana Arlans”dan (12) keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Rus jamoasi hisobida 4 ochko mavjud bo‘lsa, xitoyliklar 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Bugungi bellashuvlarda ringga chiqadigan bokschilar bilan tanishing:
49 kg:
Hasanboy Do‘smatov – Temirtas Jusupov
56 kg:
Abdulhay Shorahmatov – Ilyos Suleymenov
64 kg:
Elnur Abduraimov – Dilmirod Mijitov
75 kg:
Isroil Madrimov – Saparbay Aydarov
91 kg:
Zuhriddin Mahkamov – Anton Pinchuk
GROUP C
|
PTS |
MATCHES |
BOUTS |
|||||||
Jamoalar |
TOTAL |
TOTAL |
WINS |
LOSSES |
DRAWS |
TOTAL |
WINS |
LOSSES |
TD |
WO |
1. ASTANA ARLANS (Qozog‘iston) |
12 |
4 |
4 |
0 |
0 |
20 |
16 |
4 |
0 |
0 |
2. UZBEK TIGERS (O‘zbekiston) |
6 |
4 |
2 |
2 |
0 |
20 |
13 |
7 |
0 |
1 |
3. PATRIOT BOXING TEAM (Rossiya) |
4 |
4 |
1 |
3 |
0 |
20 |
7 |
13 |
0 |
0 |
4. CHINA DRAGONS (Xitoy) |
3 |
4 |
1 |
3 |
0 |
20 |
4 |
16 |
0 |
0 |
Fikrlar