
WSB: "Uzbek Tigers" - "Astana Arlans". Elnur Abduraimovning jangidan fotogalereya
"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlarning birinchi jangi 64 kilogramm vazn toifasidagi bokschilari ishtirokida bo‘ldi.
Elnur Abduraimov o‘tgan yildan buyon "Uzbek Tigers" jamoasi tarkibida janglarda qatnashib kelmoqda. O‘tgan mavsumda ketma-ket to‘rtta uchrashuvda zafar quchgan hamyurtimizning musobaqadagi beshinchi raqibi Qozog‘iston chempionatlarida muvaffaqiyatli 21 yoshli Dilmurod Mijitov bo‘ldi.Keskin va murosasiz o‘tgan qarama-qarshilikning ilk raundlarida bokschilari ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Biroq keyingi raundlarda bokschimiz faollikni oshirdi va 3:0 hisobida zafar quchdi. 50:45, 49:46, 48:47.
Ushbu jangning eng yorqin vaziyatlari aks etgan fotolavhalarni saytimizning media bo‘limidan ko‘ringingiz mumkin
Fikrlar