"Vulverxempton" braziliyalik himoyachi borasida "Yuventus"ga taklif bilan chiqdi

  • 11 yanvar, 2019, 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Vulverxempton" klubi "Yuventus" himoyachisi Rojerio da Silvening transferi borasida rasmiy taklif bilan murojaat qildi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra APL klubi 20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun turinliklarga 18 mln evro taklif qilmoqda. “Keksa sinora” esa ulardan ushbu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Rojerio joriy mavsumni ijara asosida “Sassuolo” klubi safida o‘tkazmoqda. U bu mavsum 18ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" Roderioni 2016 yil 2 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!