
Vrsalko muddatidan avval "Atletiko"ga qaytdi
Mavsumni “Inter”da ijara asosida boshlagan himoyachi Shime Vrsalko muddatidan avval “Atletiko”ga qaytdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki “neradzurrilar” 27 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferini sotib olishni xohlashmagan va shu boisdan u Madridga qaytishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vrsalko tizzasidan jarohat olgan va kamida 8-10 oyga safdan chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, “Inter” Vrsalkoning transferi uchun “Atletiko”ga 6,5 mln evro to‘lagan edi. Milanliklarda ushbu ijara muddati yakunlangach uni 17,5 mln evroga sotib olish huquqi mavjud edi. U joriy mavsum “neradzurrilar” safida 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar