Voleybol. Birinchi turdan so‘ng «Orient» peshqadam

BEPUL PROPAN

Xabar berib o‘tganimizdek, Qo‘qon shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston XXVII Milliy chempionatining birinchi turi o‘tkazildi.

Ortda qolgan 6 ta o‘yin yakuniga ko‘ra, Toshkent shahrining «Orient» jamoasi barcha o‘yinda g‘alaba qozondi va 18 ochko jamg‘ardi. Olmaliqning AGMK klubi voleybolchilari hisobida 15 ochko mavjud. Farg‘onaning «Yoshlik» jamoasi sportchilari esa 9 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi.

Birinchi tur yakuniga ko‘ra jamoalar to‘plagan ochkolar:

1) «Orient» (Toshkent) – 18
2) AGMK (Olmaliq) – 15
3) «Yoshlik» (Farg‘ona) – 9
4) «So‘g‘diyona» (Navoiy) – 8
5) «Milliy Gvardiya» (Toshkent) – 7
6) QDPU (Qo‘qon) – 5
7) «Buxoro» (Buxoro) – 1.

Ikkinchi tur o‘yinlari yanvar oyida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!