
Vladimir Putin: Futbolchilar va muxlislar Rossiyani o‘z uylaridek his qilishlari uchun hamma narsani qilamiz
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin sanoqli kunlardan so‘ng start oladigan jahon chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik darajasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“JCh-2018 o‘yinlari muxlislar va futbolchilar uchun haqiqiy bayramiga aylanishini juda ham xohlardim. Ular Rossiyani huddi o‘z uylaridek his qilishlari uchun hamma narsani qilamiz”, - deydi prezident Putin.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 o‘yinlari joriy yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya Federatsiyasining 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar