
Vitselning "Borussiya"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Nemis klubi 29 yoshli belgiyalik futbolchining transferi uchun xitoyliklarga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 20 mln evro tovon pulini to‘lashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Vitselning o‘zi “Borussiya” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning dortmundliklar safidagi yillik maoshi esa 10 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar