
“Vest Xem” murabbiyiga 4 o‘yinlik imkoniyat berildi
Angliyaning “Vest Xem Yunayted” klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich lavozimidan ozod etilishi mumkin.
“The Telegraph” xabariga ko‘ra, London klubi rahbariyati xorvatiyalik mutaxassis bilan suxbatlashgan va unga vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishi uchun 4 o‘yindan iborat muxlat berildi.
Qayd etish joiz, “bolg‘achilar” APLni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlashdi va 3 ta bahsning barchasida imkoniyatni boy berishdi.
Fikrlar