
Veron: Messi hech qachon Maradona bo‘la olmaydi
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Xuan Sebastyan Veron Lionel Messi hamda Diego Maradonani taqqosladi.
- Shuni ta’kidlashim joizki, Messi bilan ham, Maradona bilan ham to‘p tepganman. Biroq Leo hech qachon Diegodek bo‘laolmaydi.
Maradona Argentina terma jamoasida asosiy kuch, etakchilikni qo‘lga olgan va albatta, ishonaoladigan inson bo‘lgan.
Messi esa, juda uyatchan inson, introvert. U etakchi bo‘laolmaydi. Uning o‘yin uslubi yoki kuchiga hech qanday shubham yo‘q, biroq uning harakteri Leoni etakchi bo‘lishiga to‘sqinlik qilib turibdi, - deya Veronaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar