Vera Zvonaryova dugonasini hafa qildi
Sankt-Peterburg shahrida ayollar o‘rtasida "St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning mazkur bosqichida rossiyalik Vera Zvonaryova hamyurti Ekaterina Makarovani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Zvonaryova turnirning ikkinchi davrasida gretsiyalik Mariya Sakkari, yoki germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar