
Venger Mxitaryanning debyut qilishiga shoshilmayapti
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning yangi a’zosi Genrix Mxitaryanni maydonga tushirishga shoshilmayapti. Eslatib o‘tamiz, “to‘pchilar” keyingi uchrashuvni Angliya chempionati 25-tur doirasida “Suonsi”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
– Men hozircha bir qarorga kelganim yo‘q. Bu masalaga dushanba kuni aniqlik kiritamiz. U o‘yinga tayyor. Ajoyib futbolchi. Men uni 2-3 kuni ichida bilib oldim. Uning uchun maydonda qulay pozitsiya topishimiz kerak, – deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Metro nashri.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” 24 turdan so‘ng APL turnir jadvalida 42 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turmoqda.
Fikrlar